"Eng namunali talabalar xonasi" tanlovi boʻlib oʻtdi!

Universitet xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahat kengashi tomonidan talabalar turar joyida "Eng namunali talabalar xonasi" tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalar xonalarini ozoda-yu sarishta, tartibni saqlashda va estetik jihatdan yuqori darajaga erishishda katta ijodkorlik namoyish etdilar.

22.jpg

Tanlov natijalariga koʻra har bir qavatdan quyidagi xonalar "Eng namunali xonalar" deb topildi:

1-talabalar turar joyi bo'yicha:
1-qavat: 1/13-xona;
2-qavat: 2/15-xona;
3-qavat: 3/24- xona.

2-talabalar turar joyi bo'yicha:
1-qavat: 1/28-xona;
2-qavat: 2/10-xona;
3-qavat: 3/10-xona, 3/05-xona, 3/16-xonalar

33.jpg

Tanlovda ishtirok etgan barcha talabalarimizga minnatdorchilik bildirib qolamiz! Albatta, tanlovga qo'shilgan barcha talabalarning mas'uliyatli  yondashuvi universitetimizga bo‘lgan muhabbat ruhini yanada kuchaytiradi.

28 Fevral 2025 315
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop