Navoiyxonlik haftaligi g‘oliblari taqdirlandi!

Alisher Navoiyning hayoti, adabiy, ilmiy merosini o‘rganish olijanob mehnat. Yoshlarimiz Navoiyni qanchalik chuqur va puxta bilsa, ma’rifat, ezgulik, komillik sirlarini shuncha keng egallaydi. Navoiyning so‘zlari diliga o‘rnashgan odam, o‘zi istasin-istamasin odamiylik sharafi va kuch-quvvatini idrok etadi. Navoiy saboqlariga amal qilgan kishi o‘z-o‘zidan xalq dard-u tashvishlarini yengillatishga bel bog‘laydi.

_S7A4007.JPG

Universitetda navoiyxonlik haftaligi doirasida  o‘tkazilgan  “Nazm va navo”, “Navoiy ijodiga bag‘ishlangan esselar”, “She’r va sharh” tanlovlari  g‘oliblari taqdirlandilar.

_S7A4009.JPG

Tadbirlar davomida talabalar mustaqil fikr, adabiyot, san’at, ma’naviyat, ma’rifatning inson taqdiridagi qimmati, yashashdan asosiy maqsad nima ekanligi to‘g‘risida Hazrat Navoiy bitib ketgan o‘gitlaridan bahramand bo‘ldilar.

_S7A4013.JPG

10 Fevral 2025 519
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop