Hamkorlik memorandumi imzolandi!

Qoʻqon universitetiga Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi direktori Sh.I. Roʻziyev, ushbu markaz boshchiligidagi ishchi guruhi Qoʻqon sud-ekspertiza boʻlinmasi boshligʻi R.D. Yakubjonov va Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Fargʻona filiali boshligʻi X.R Haydarovlar tashrif buyurdi. 

3.jpg

 Dastlab, mehmonlar turizm majmuasi, universitet kampusida joylashgan professor-o'qituvchi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

5.jpg

Shundan soʻng axborot kutubxona markazida Qo‘qon universiteti hamda filiallari, fakultetlari, markazlari va kafedralarining o‘quv-ilmiy bazasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik muhokama etildi va yakunda oʻzaro hamkorlik memorandum imzolandi.

27 Fevral 2025 337

Ommabop