Qo‘qon universiteti professorlari Ispaniyada "Virtual meros" loyihasi jarayonida
Qo‘qon universitetining professor-o‘qituvchilari Erasmus+ dasturi doirasida Ispaniyaning CPIFP Los Enlaces maktabida malaka oshirish davomida maktab talabalari va professorlari tomonidan amalga oshirilayotgan “CaixaBank - Dualiza” homiyligidagi “Virtual meros” loyihasi jarayonlarini yaqindan kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi.
Mazkur loyiha doirasida muzeylardagi tarixiy eksponatlarning 3D modellarini yaratish ishlari olib borilmoqda. Ushbu raqamli modellar kelajakda virtual reallik (VR) texnologiyalari asosida turizm sohasida muhim manba sifatida foydalaniladi.
Mazkur tashrif Qo‘qon universiteti vakillari uchun yangi bilim va tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida muhim qadam bo‘ldi.
17 Mart 2025
⁞
252