Qo‘qon Universiteti Xodimlari Ispaniyada Erasmus+ Xodimlar Almashinuvi Kurslarini Muvaffaqiyatli Tamomladilar
Qo‘qon Universiteti xodimlari Ispaniya Qirolligining Zaragoza shahridagi CPIFP Los Enlaces institutida Erasmus+ loyihasi doirasida xodimlar almashinuvi bo‘yicha kurslarni muvaffaqiyatli yakunladilar. Ushbu kurslar davomida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar:
📌 Ispaniya ta’lim tizimi
📌 Malakaviy baholash va IT texnologiyalarining ta’lim jarayonida qo‘llanilishi
📌 Talabalarga amaliyotni tashkil etish mexanizmlari
📌 Ta’lim metodologiyasidagi qiyinchiliklar va ularni hal etish yo‘llari
📌 3D muzey loyihasi – institut va muzeylar o‘rtasidagi hamkorlik
📌 Dual ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha amaliy tajribalar
📌 Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish usullari
📌 Open Library loyihasi bilan tanishuv
Mazkur amaliy mashg‘ulotlar qatnashchilarga Ispaniya ta’lim tizimining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni Qo‘qon Universitetida qo‘llash imkoniyatini taqdim etdi.
🔹 Kelgusidagi hamkorlik rejalari
Tashrif natijalariga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yilida to‘rt nafar ispan professori Qo‘qon Universitetiga tashrif buyurishi belgilandi. Shuningdek, 2025-2026 o‘quv yilida Qo‘qon Universiteti va CPIFP Los Enlaces o‘rtasida 10 nafar professor-o‘qituvchi va 10 nafar talabalar almashinuvi amalga oshirilishi kelishib olindi.
🔹 Sertifikatlar bilan taqdirlash
Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan Qo‘qon Universiteti xodimlari maxsus SERTIFIKATlar bilan taqdirlandilar, bu ularning xalqaro tajriba orttirganliklarini tasdiqlaydi.
Mazkur tajriba universitetimizning xalqaro hamkorlik salohiyatini oshirish, ta’lim sifatini yanada takomillashtirish va global ilmiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.