Qoʻqon universiteti talabalari uchun basketbol va shaxmat klubi tashkil etiladi

Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida Yoshlar bilan ishlash departamenti, Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi hamda Talabalarga xizmat koʻrsatish departamenti tomonidan basketbol va shaxmat klubi tashkil etilmoqda.

Aziz talabalar! Basketbol va shaxmat klubiga a'zo boʻlishni istasangiz, hoziroq Talabalarga xizmat koʻrsatish departamentiga murojaat qilib, roʻyxatdan oʻting! 

Unutmang! Sport klubi sizni sogʻlom fikrlashingizga, yangi doʻstlar orttirishingizga, boʻsh vaqtingizni mazmunli oʻtkazishingizga katta yordam beradi. 

1 Noyabr 2023 404
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish

Ommabop