Qoʻqon universitetida direktor va guruh sardorlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Qoʻqon universiteti direktori – Gʻafurjon Zaxidov guruh sardorlari bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotda ular uchun belgilangan vazifalarga, bugungi kunda talabalarga yaratilgan imkoniyatlarga, ichki tartib-qoidalarga toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek,  ilm olish, oʻtib borayotgan har bir soniya muqaddas ekanligini hayotiy misollar bilan ta'kidlab, yetuk kadr boʻlish yoʻlida oʻzi uchun vaqt ajratish, katta maqsadlar sari dadil qadam tashlash kerakligi toʻgʻrisida tavsiyalar berdi.

Yakunda universitet direktori guruh sardorlarini qiziqtirgan savollariga javob berib, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun universitetning maqsadli rejalari toʻgʻrisida ma'lumot berib oʻtdi.

8 Noyabr 2023 308
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish

Ommabop