Maktablar psixologlari uchun seminar-trening tashkil etildi
Qo‘qon universiteti o‘quvchi-yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirishda shahardagi umumta'lim maktablari bilan keng hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Universitetimizda o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, ular orasida oliy ta'limning ahamiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida 41 ta maktab psixologlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Treningda oliy toifali psixolog Shirin Mustafayeva va universitetimiz o‘qituvchisi, psixolog-konsultant Faxriddin Xamidullayev tomonidan seminar o‘tkazildi. Tajribali psixologlar o‘quvchilar iqtidorini aniqlash, ularda aniq maqsad va o‘ziga ishonch hissini shaklantirishda maktablar psixologlarining o‘rnini oshirishga qaratilgan ma'ruzalar qildilar.
26 Fevral 2023
⁞
1897