Qo‘qon universitetida startap loyihalar tanlovi boʻlib oʻtdi!
Tanlovni Qo‘qon universitetining Akademik ishlar bo‘yicha prorektori Jamoliddin Kambarov ochib berdi va barcha ishtirokchilarga loyihalar taqdimotida omad tiladi.
tadbir davomida talabalarning muvaffaqiyat sari qadam qoʻyishlari, innovatsion qobiliyatlarini namoyish etish va yangi tajribalar orttirishi maqsadida oʻtkazilayotgan tadbirda Qoʻqon universiteti, Toshkent Xalqaro Universiteti va Qoʻqon universiteti Andijon filiali talabalari tomonidan taqdimotlar oʻtkazildi.
Loyiha taqdimotchilariga mas'ullar tomonidan ularni amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarishga yoʻnaltirish boʻyicha tavsiyalar berildi va yakunda gʻoliblar munosib taqdirlandi.
23 Yanvar 2025
⁞
505