Masofaviy ta'lim shakli talabalari uchun unutilmas festival boʻlib oʻtdi
Bugun Qoʻqon universitetining hovlisi talabalar bilan gavjum boʻldi. Masofaviy ta'lim shaklining boshlangʻich ta'lim, maktabgacha ta'lim va psixologiya yoʻnalishi talabalari oʻzlarining ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishdi.
Mazkur festivalda talabalar milliy kiyimlarda an'anaviy qadriyatlarimizni aks ettirib, oʻzlarining tasviriy san'at koʻrgazmalarini, turli viloyatlardagi milliy taom va pishiriqlarni tayyorlab namoyish etishdi.
Shuningdek, har bir guruh bir jamoa boʻlib osh chempionatida ham faol qatnashishdi.
Albatta, bunday koʻngilochar tadbirlarni muntazam oʻtkazilishi talabalarni ahl-inoq boʻlishida, milliy an'analarimizni qadrlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
1 Fevral 2024
⁞
906