Masofaviy ta'lim shakli talabalari ishtirokida ochiq dars boʻlib oʻtdi
Masofaviy ta'lim shakli boshlangʻich ta'lim yoʻnalishi talabasi Ziyayeva Dilzodaxon tomonidan Qoʻqon shahri 11-umumiy oʻrta ta'lim maktabida qiziqarli ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq darsda ta'limning interaktiv shakllari asosida ''Futbol" 2-sinf oʻquvchilariga tushuntirib berildi.
Shuningdek, ochiq darsda Qoʻqon universitetining professor o'qituvchilari – Odiljon Parpiyev, Shahnozaxon Jumanova hamda boshlang'ich ta'lim yo'nalishining bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.
30 Yanvar 2024
⁞
780