Gitara chalishga qiziquvchi talabalar diqqatiga!

Aziz Qoʻqon universiteti talabalari! Siz gitara chalishga qiziqasizmi! Gitarda turli kuylar oʻrganib, hirgoyi qilishni orzu qilasizmi? Unday boʻlsa bu imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Sizlarni yangi ochilayotgan gitara kursiga taklif etamiz.

Mazkur kurs siz – talaba yoshlarni musiqaga boʻlgan yuksak qiziqishlaringizni hisobga olib, Yoshlar bilan ishlash departamenti, Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi hamda Talabalarga xizmat koʻrsatish departamenti tomonidan tashkil etilmoqda.

Gitara kursida ishtirok etish istagi tugʻilgan boʻlsa, hoziroq Talabalarga xizmat koʻrsatish departamentiga murojaat qiling!

1 Noyabr 2023 422
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish

Ommabop