Masofaviy ta'lim shakli talabalari o‘rtasida "Zakovat" musobaqasi boʻlib oʻtdi
Qoʻqon universiteti Axborot-kutubxona markazida besh muhim tashabbus doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va dunyoqarashlarini yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Turnirda 8 ta jamoa ishtirokchilarining bilim va mahoratlari sinovdan oʻtkazildi. Universitetimizning bilimdon talabalari o‘z jamoalarining sharafini munosib himoya qildilar.
Quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
1 -oʻrin – "Yulduz talabalar" jamoasi,
2 -oʻrin – "Yuksalish" jamoasi,
3 -oʻrin – "Maktabgacha ta'lim" jamoasi.
1 Fevral 2024
⁞
673