Talabalarimiz "Qizlar ovozi" klubi koordinatori etib saylandilar

photo_2023-05-05_18-37-05.jpg

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan har bir viloyat kengashlari huzurida tashkil etilgan "Qizlar ovozi" klubi koordinatorligiga saylovlar bo‘lib o‘tyapti. Bugun Qo‘qon universitetida lider xotin-qizlar ishtirokida saylov uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.  

Tadbirda, ayniqsa universitetning faol talabalari keng jamoatchilik uchun ahamiyatli loyihalari bilan ishtirok etdilar. Saylovda ovozga qo‘yish yo‘li bilan eng munosiblarni tanlashga e'tibor qaratildi.

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabasi Firdavsxon G‘aniboyeva Qo‘qon shahrida klubning Bandlik va tadbirkorlik yo‘nalishi, Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabasi Madinabonu Husanova Sport va salomatlik yo‘nalishi bo‘yicha koordinator etib saylandilar. 

photo_2023-05-05_18-37-02.jpg

Bu lider talabalarimiz kelgusida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatda ularning mavqeini oshirish yo‘lida faoliyat olib boradilar.

photo_2023-05-05_18-37-03.jpg

Shuningdek, Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi talabasi Sevinch Ortiqboyeva “Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Barcha g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 

photo_2023-05-05_18-37-00.jpg

3 May 2023 895
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish

Ommabop