Yoshlar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi - e'tiborda

Qo‘qon shahrida o‘quvchi-yoshlar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish maqsadida shahar hokimligi va shahar prokuraturasi, umumta'lim maktablari va oliy ta'lim muassasasi hamkorligi kengaytirilmoqda. Qo‘qon universiteti ushbu maqsadlarni amalga oshirishda bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘tayapti.

photo_2023-02-27_14-22-01.jpg

photo_2023-02-27_14-22-07.jpg

Universitetimizda Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov, shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov, tajribali trener-ma'ruzachilarimiz ishtirokida maktablar direktorlarining o‘rinbosarlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

photo_2023-02-27_14-22-13.jpg

Treningda yoshlar bilan ishlashda psixologik usullardan foydalanish, oliy ta'lim va zamonaviy kasblarga qiziqtirish, bugungi o‘quvchi ertangi talaba nuqtai nazaridan, ularning ta'lim-tarbiyasiga hozirdanoq yuqori darajada yondashish masalalariga e'tibor qaratildi. Ma'ruzachilar inson resurslarini qadrlash, avvalo maktablar jamoalari o‘rtasida sog‘lom muhitni ta'minlash orqali ta'lim sifat-samaradorligini oshirish borasida zarur tavsiyalar berdilar.

photo_2023-02-27_14-22-14.jpg

27 Fevral 2023 1379
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop