"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi–2025" kasbiy koʻrik tanlovining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi!
Qoʻqon universitetida Ta'lim fakulteti maktabgacha ta'lim yoʻnalishi talabalari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar oʻrtasida "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025" koʻrik tanlovining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovning saralash bosqichida eng yuqori malakali va fidoyi tarbiyachilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, haqiqiy professionallar sifatida o‘zlarini ko‘rsatishdi.
Yakunda 32 ta talabgordan 6 tasi asosiy bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Tanlovning keyingi bosqichlarida qolgan ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!
11 Yanvar 2025
⁞
571