Sirtqi ta'lim shakli talabalari oʻrtasida "Zakovat" intelektual turniri boʻlib oʻtdi!

Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Qoʻqon universitetining Axborot-kutubxona markazida "Zakovat" intellektual turniri oʻtkazildi. 

Mazkur o’yin o’zbek romanchilik maktabining durdonalari hisoblangan Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” va Ulug’bek Hamdamning “Muvozanat” romani asosida tashkil etildi.

Intellektual turnirda 8 ta jamoa vakillari oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi va quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:

1-o'rin: MS 3-22-guruh
2-o'rin: MS 7-22-guruh
3-o'rin: MS 1-22-guruh

 Yakunda gʻolib jamoalarga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

16 Yanvar 2025 346
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop