O‘sh texnologiyalar universiteti delegatsiyasining tashrifi bo‘lib o‘tdi

photo_2023-04-20_11-29-01.jpg

O‘shTU (Qirg‘iziston Respublikasi) rektori, texnika fanlari doktori, professor Janbolot Tursunbayev boshchiligidagi delegatsiya a'zolari universitetimizda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

photo_2023-04-20_11-29-08.jpg

60 yillik tajribaga ega, muhandislik va texnologiyalar bo‘yicha ixtisoslashgan bu ilg‘or universitet vakillari oliygohimizdagi imkoniyatlar haqida ijobiy fikrlar bildirdilar.

photo_2023-04-20_11-28-02.jpg

O‘zaro muzokaralarda akademik faoliyat, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi tajribalar almashildi.

photo_2023-04-20_11-27-54.jpg

Anglashuv memorandumi imzolanib, o‘qituvchi va talabalar almashish, qo‘shma dasturlar va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Departamentlararo hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

20 Aprel 2023 818

Ommabop