TURKSOY va Qo‘qon universiteti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY ) bosh kotibi o‘rinbosari, prof. doktor Bilol Chakiji va Qo‘qon universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori G‘afurjon Zahidovlar ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy asosi bo‘ladigan Memorandumga imzo chekdilar.
Muzokara doirasida tomonlar turkiy dunyo madaniyati va merosini asrab-avaylash maqsadida ushbu sohada qo‘shma ilmiy-texnik tadqiqotlar olib borish, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, kongresslar, soha tadqiqotlari, ko‘rgazmalar, tanlovlar, festivallar, konsertlar va turnirlar tashkil etishga kelishib oldilar
16 Aprel 2023
⁞
1413