Hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Qo'qon universitetiga World Edupia Uzbekistan agentligi Oʻzbekiston Respublikasidagi filiali direktori Umida Abdullayeva va Qirol Sejong Instituti Toshkent filiali direktori janob Hur Seon Haenglar tashrif buyurdi.

2.jpg

Uchrashuvda Qo'qon universitetida Qirol Sejong maktabini, koreys tili markazini ochish va Janubiy Koreyada tahsil olish boʻyicha masalalar muhokama qilindi.

3.jpg

Shuningdek, 2024-yil 1-2 aprel sanalarida Janubiy Koreyaning QS reytingida Top-300 talikka kiruvchi 5 ta universitetining Qo'qon universitetiga tashrifi va Qoʻqon universitetida Farg'ona Ta'lim yarmarkasini tashkil etishga e'tibor qaratildi.

4.jpg

2 Fevral 2024 222

Ommabop