O‘quv-uslubiy hamkorlik kengaymoqda
Ta’lim kafedrasi mudiri Anvarjon Islomov Qozog‘istonning X.Dostmuxamedov nomidagi Atirau universitetiga tashrif buyurdi.
Universiteti rektori Salamat Idrisov bilan ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muloqot olib borildi. O‘quv-uslubiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish, hammualliflikda o‘quv adabiyotlari va xalqaro tan olingan bazalarda maqolalar chop etish, shuningdek, o‘quv reja va dasturlarni muvofiqlashtirish orqali Menejment, Iqtisodiyot va Psixologiya yo‘nalishlarida "2+2", "3+1" dasturlari - qo‘sh diplom doirasida ishlash masalalari muhokama qilindi.
20 Aprel 2023
⁞
1325