Xoriiy oliy ta’lim muassasalari bilan o’zaro almashinuv dasturlari

·        Karelia Amaliy Fanlar universiteti bilan  talaba almashinuvi (Finlandiya)

·        Joongbu universiteti bilan talaba almashinuvi (Janubiy Koreya)

·        Woosong universiteti bilan talaba almashinuvi (Janubiy Koreya)

·        L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti bilan talaba almashinuvi (Qozog’iston)

   

Finlandiya Kareliya Amaliy Fanlar universiteti va Qo’qon Universiteti o’rtasida talabalar almashinuvi

1.jpg

                                          2.jpg

Finlandiyaning va dunyoning nufuzli universitetida bir o’quv yili mobaynida ta’lim olishni yoki uning diplomiga ega bo’lishni istaysizmi? U holda hoziroq Qo’qon universiteti Xalqaro hamkorlik departamentiga murojaat qiling!

3.jpg

                                 4.jpg

Qo’qon universiteti hamda Karelia amaliy fanlar universiteti o’rtasidagi hamkorlik asosida 5 nafar talabamiz Finlandiyada.

Qo’qon universiteti hamda Karelia amaliy fanlar universiteti o’rtasidagi hamkorlik asosida 5 nafar talabamiz Shohruh Olimov, Otabek Mahmudov, Suhrobjon Anvarjonov hamda Muhammadali Ne’matjonovlar bir yil mobaynida Finlandiya Karelia amaliy fanlar universitetida ta’lim olib, o’z bilimlarini mustahkamlab, yanada ko’proq malaka va kengroq bilimlarni egallab qaytdilar.   

                                  5.jpg

O’quv yili mobaynida Qo’qon universiteti talalabalarining salohiyati Finlandiyada e’tirof etildi.

Karelia amaliy fanlar (UAS) universiteti rahbariyati va professor-o’qituvchilar, talabalarimizga biriktirilgan ustozlar – Liisa Timonen va Katrilar tomonidan talabalarning darslarni o’zlashtirish ko’rsatkichlari, yangi madaniyatga hurmat bilan yondashishlari, bo’sh vaqtlarida Joensuuning markaziy kutubxonasida o’z bilimlarini boyitib borganliklari e’tirof etildi.

  6.jpg 7.jpg 
Yana 2 nafar talabamizga Finladiyada ta’lim olish imkoniyati yaratildi.

Qo’qon universiteti va Karelia amaliy fanlar universiteti o’rtasida tuzilgan talaba almashinuv dasturi bo’yicha yana 2 nafar talabamiz Mirxojiddin Mahmudov va Abbosjon Abdurahmonovlar Finlandiyada ta’lim olishga kirishdilar.

Ayni paytda ushbu xorijiy universitetda ta’lim olgan va olayotgan talabalarimiz soni 7 nafarga yetdi.

Eslatma, Finlandiyada ta’lim olishni xohlovchi talabalar Xalqaro hamkorlik departamentiga murojaat qilishlari mumkin.

  

Janubiy Koreyaning Joongbu universiteti va Qo’qon universiteti o’rtasida talabalar almashinuvi

8.jpg

                                     9.jpg

Janubiy Koreyaning nufuzli universitetida bir semester davomida ta’lim olishni yoki uning diplomiga ega bo’lishni istaysizmi?

 

Joongbu universiteti va Qo’qon universiteti o’rtasida kelishuvga asosan quyidagi dasturlar bo’yicha ta’lim oling va xalqaro diplomga ega bo’ling.

·        Iqtisodiyot

·        Moliya

·        Menejment

·        Turizm

            10.jpg

    Qo’qon universiteti talabasi ushbu almashinuv dasturida ishtirok etmoqda

Universitetimizning Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo’nalishining iqtidorli talabalaridan biri Abduvohid Halimjonov ushbu almashinuv dasturi orqali Janubiy Koreyaning Joongbu universitetidagi tahsil uchun grantni qo’lga kiritdi va hozirda ushbu universitetda tahsil olmoqda. 

Qayd etish joizki, bu xorijiy universitet boy ilmiy bilimlar va an’anaviy Koreya tajribasini o’zida jamlagan. Universitet bazasida Sotsiologik tadqiqotlar institutei, Politsiya va mudofaa kolleji, Ilmiy tadqiqotlar markazi, Sog’liqni saqlash va turizm kolleji, Fizika tadqiqotlari kabi markazlar faoliyat olib boradi.

 

Janubiy Koreyaning Woosong universiteti va Qo’qon universiteti o’rtasida talabalar almashinuvi

11.jpg

 

                                  12.jpg

Janubiy Koreyaning nufuzli universitetida bir semester davomida ta’lim olishni yoki uning diplomiga ega bo’lishni istaysizmi?

Woosong universiteti va Qo’qon universiteti o’rtasidagi kelishuvga asosan quyidagi dasturlar bo’yicha ta’lim oling va xalqaro diplomga ega bo’ling.

·        Iqtisodiyot

·        Moliya

·        Menejment

·        Turizm

13.jpg14.jpg

Qo’qon universiteti talabasi ushbu almashinuv dasturida ishtirok etmoqda

Qo’qon universitetining mehmonxona va turizmni boshqarish yo’nalishi talabasi Sanat Ismoilov ikki universitet o’rtasida tuzilgan talaba almashish dasturi asosida Janubiy Koreyaning Woosong universiteti (Solbridge Xalqaro biznes maktabi) da tahsil olmoqda.

E’tirof etish joizki, Koreyaning Daejeon Silikon vodiysi (yuqori texnologiyalar shahri) da joylashgan SolBridge talabalarni tez o’sib borayotgan Osiyo iqtisodiyoti yetakchisi etib tayyorlaydi. Ushbu maktab biznes maktablari orasida noyobdir: 64 xil mamlakat vakillaridan iborat xalqaro talabalar jamoasiga ta’lim beradi. Immersion dasturlari, maxsus ma’ruzalar, seminarlar va amaliyotlar orqali nazariya va amaliyot o’rtasidagi muvozanat ta’minlanadi. AACSB akkreditatsiyasini olgan dunyodagi mashhur biznes maktablaridan biridir.

 

Qozog’istonning L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti hamda Qo’qon unniversiteti o’rtasida talabalar almashinuvi

15.jpg

QS reytingi bo’yicha dunyoda 328-o’rinda turuvchi nufuzli universitetda tahsil olib yanada kengroq bilimlarga ega bo’lishni xohlaysizmi?

L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti hamda Qo’qon universiteti o’rtasidagi kelishuvga asosan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tahsil olishingiz mumkin.

·        Iqtisodiyot

·        Moliya

·        Turizm

·        Xorijiy tillar va adabiyot

                                                                        

 

 

24 Iyul 2022 622

Ommabop