Koreyaning Kunsan Milliy universiteti Qoʻqon universiteti bilan oʻzaro hamkorlik qiladi

photo_2023-07-27_11-11-10.jpg

 

🏢Koreyaning Kunsan Milliy universiteti Qoʻqon universiteti bilan oʻzaro hamkorlik qiladi 

✔️Joriy yilning 3-may sanasida Kunsan Milliy universiteti va Qoʻqon universiteti vakillari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv yakunlari bo'yicha ikki universitet xalqaro akademik va talabalar almashinuvi hamda ularning amaliyotini qoʻllab-quvvatlash, universitet faoliyatini kengaytirish maqsadida oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

📁Memorandumga koʻra, endilikda ikki universitet fan va muhandislik ta'lim tizimini qo'llab-quvvatlash, o'qishdan keyingi bandlikni rag'batlantiruvchi o'quv dasturlari, ikki tomonlama (dual) daraja tizimini rivojlantirishda faol hamkorlik qilish yo'llarini chuqur muhokama qildilar.

📌Har ikki universitet talabalariga global amaliyot o'tash imkoniyatini berish kabi sanoat-akademik hamkorlikka asoslangan o'quv dasturini amalga oshirish kutilmoqda.

🤝Shuningdek, shartnomada bakalavriat (2+2), magistratura (1+1), bakalavriat va magistratura (2+2+1,5) ikki darajali tizim orqali har ikki davlatning iqtidorli talabalari jahon miqyosidagi iste’dod egalari etib tarbiyalanishi koʻzda tutilgan.

🛄Shu bilan birgalikda, Kunsan Milliy universitetida ikki darajali ta'lim tizimi orqali o'qishni tamomlagan talabalar tegishli ishchi vizasini olgan holda Koreya sanoat korxonalarida o'z sohalari bo'yicha ishlash imkoniyatiga ham ega bo'lishlari mumkin bo'ladi. 

27 Iyul 2023 985

Ommabop