Qoʻqon universiteti professor-oʻqituvchilari Qozogʻistonda
Qoʻqon universitetining professor-oʻqituvchilari – "Startap va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish" departamenti boshlig’i Azizxon Umarov, "Ilmiy-tadqiqot" departamenti boshligʻi Boburmirzo Xursanaliyev va Abbosxon Yusupovlar Orhun almashinuv dasturi doirasida Al-Farobiy nomidagi Qozogʻiston milliy universitetiga tashrif buyurishdi.
Dastlab, ular Qozogʻiston milliy universiteti bilan yaqindan tanishish maqsadida Iqtisodiyot va biznes maktabi dekani Bimendiyeva Leila Abdrashovna hamda kafedra mudirlari bilan uchrashishdi va Qoʻqon universiteti nomidan maxsus sovgʻa topshirishdi.
Uchrashuvda Qozogʻiston milliy universitetidagi ta'lim tizimi, oʻqituvchilarning vazifalari, universitetni biznes maktabi kabi masalalar yuzasidan suhbat boʻlib oʻtdi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar qilish boʻyicha oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Shuningdek, tashrif mobaynida Qoʻqon universitetining professor-oʻqituvchilari Qozogʻiston milliy universitetidagi dars jarayonlari bilan ham yaqindan tanishishdi va universitetning 90 yillik yubileyiga bag'ishlangan forum va konferensiyada mehmon sifatida ishtirok etishib, universitetdagi ilmiy-amaliy loyihalar bilan tanishishdilar.
Malaka almashish mobaynida Qoʻqon universiteti vakillari Qozoq Milliy Universitetining Moliya va hisob kafedrasi tomonidan tashkil etilgan "Sifatli ta'lim" mavzusida xalqaro seminarda ishtirok etib, nutq so'zladilar.
Seminarda "Startap va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish" departamenti boshlig’i Umarov Azizjon Qo'qon universiteti haqida tinglovchilarga ma'lumot berib oʻtdi.
Bundan tashqari, Ilmiy-tadqiqot" departamenti boshligʻi Xursanaliyev Boburmirzo Ilmiy tadqiqotlarning ahamiyati haqida, "Xalqaro turizm va iqtisodiyot" kafedrasi katta o'qituvchisi Yusupov Abbosxon Qo'qon universitetining xalqaro aloqalari va Orhun dasturi haqida tushuncha berib oʻtdi.
Seminar so'nggida universitetimiz vakillari Moliya va hisob kafedrasi mudirasi Nurmugambetova Ajar Zeynullayevna bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari haqida kelishib oldilar.
Ma'lumot uchun, Qozogʻiston milliy universitetining mamlakatda nufuzi baland hisoblanib, dunyodagi top 300 talik universitetlardan biri hisoblanadi.